Pastdarg‘om, Samarqand, Jomboy, Bulung‘ur va Toyloq tumanlarida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Samarqand viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Rejaga asosan, Pastdarg‘om, Samarqand, Jomboy, Bulung‘ur va Toyloq tumanlarida yashovchi jinoyat sodir etishga moyil 45 nafar fuqarolarining yashash xonadonlarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida giyohvandlik moddalari, diniy adabiyotlarni saqlash, noqonuniy pnevmatik hamda ov qurollari va boshqa taqiqlangan sovuq qurollar buyumlar aniqlandi.
Jumladan, Pastdarg‘om tumani Oq mang‘it MFY yashovchi fuqaro X.B.ning yashash xonadonidan kannabis giyohvandlik o‘simligi aniqlandi. Jomboy tumani “Nazar” mahallasida yashovchi fuqaro T.A.ning yashash uyida
o‘tkazilgan tintuv tadbiri davomida marixuanna giyohvandlik moddasi, tumanning “A.Navoiy” mahallasida yashovchi K.N.ning yashash uyida ikki dona “GAMO” va “SMITH Wesson” 4.5 mm kalibrli pnevmatik qurollar, Toyloq
tumani “Olmazor” MFYda yashovchi, M.A.ning yashash uyida noqonuniy ravishda 1 dona ov qurolini saqlab kelayotganligi, Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh MFYda yashovchi U.B. yashash uyida 42 dona turli diniy mazmundagi kitoblar borligi aniqlanib, ekspertiza uchun yuborildi. Bundan tashqari, fuqarolarning yonlarida o‘tkir tig‘li jismlar, bita va tayoq kabi buyumlar aniqlanib, hujjatlashtirilgan.
Barcha holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.