12 Oktyabr 2023 yil 4414

Pastdarg`om tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan 2023-yilning 9 oyi yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Pastdarg‘om tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbariyati va shaxsiy tarkibi bilan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Raxmatullayev Muzaffar Talgatovich ishtirokida 2023 yilning 9 oyi yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Pastdarg‘om tumani hududida o‘tgan davr mobaynida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, yo‘l transport hodisalari sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojatlar ko‘rib chiqilish axvoli va bir qator soha tomonidan amalga oshirilgan vazifalar muhokama qilindi.

Vatanimiz osoyishtaligi va El-yurt tinchligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, o‘z xizmat burchini bajarishda vijdonan yondashib kelayotgan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vazirligining tegishli buyruqlari bilan berilgan birinchi va navbatdagi unvonlari hamda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Tashakkurnoma va Qimatbaxo sovg‘alari topshirildi.

Muhokama so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Shuning bilan birga, Pastdarg‘om tumani Kamolot va Amir Temur mahallalarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetkachilarining xizmat faoliyati o‘rganilib, mahallada istiqomat qilib kelayotgan aholining fikr va mulohazalari eshitildi.

Text to speech