15 Avgust 2024 yil 964

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Pastdarg‘om tumani IIBda tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Pastdarg‘om tumanida sodir etilgan tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq shuningdek, o‘tgan davr mobaynida sodir etilgan jinoyatlar atroflicha tahliliy muhokama qilindi.

Muhokamada viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, tuman IIB shaxsiy tarkibi va viloyatdan tumanga biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirok etishdi.

Boshqarma boshlig‘i hududda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tanqid ostiga oldi.

Muhokama so‘ngida tumanda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish masalalari tanqidiy muhokama etildi.

Text to speech