Pastdarg‘om tumani Olmazor mahallasida sayyor sud bo‘lib o‘tdi
Pastdarg‘om tumani Olmazor mahallasida JIB Pastdarg‘om tuman sudi tomonidan sayyor sud bo‘lib o‘tdi.
Sayyor sudda tuman IIB probatsiya bo‘linmasida hisobda turgan, xatolaridan o‘ziga to‘g‘ri hulosa chiqarib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 16 nafar nazorat ostidagi shaxslarni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Bugungi kunda Pastdarg‘om tuman IIB probatsiya bo‘linmasi boshlig‘i podpolkovnik Ikromjon Farmanov va uning xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumani IIB probatsiya bo‘linmasida hisobda turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumaladan, Pastdarg‘om tumani IIB Probatsiya bo‘linmasida 833 nafar shaxs hisobda bo‘lib shundan:
168 nafari ahloq tuzatish ishlari;
173 nafari ozodlikni cheklash;
98 nafari muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 nafari shartli hukm qilingan;
392 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganlarni tashkil etadi.
Probatsiya nazoratidagi shaxslarning 78 nafarini ayollar, 261 nafarini yoshlar va 7 nafari voyaga yetmaganlarni tashkil qiladi.
Ularning ijtimoiy-maishiy muammolarini aniqlash va bartaraf qilish, o‘qishga va ishga joylashishlariga, sog‘lig‘ini tiklashga, kasbi yo‘qlarini kasb olishlariga ko‘maklashish, temir daftarga kiritilgan va kambag‘alligi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlarni serdaromad ishlarga yo‘naltirish borasidagi ishlarimiz, nazoratdagi shaxslarning jazo muddatlarini o‘tashda chin ma’noda ko‘mak vazifasini bajarishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 9 oy davomida Pastdarg‘om tuman IIB probatsiya bo‘linmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, probatsiya bo‘linmasining mehnat organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlashi tashkil etilib, 173 nafar ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxslarning mehnatga majburan jalb qilinishi ta’minlandi. Natijada ularning ish haqidan belgilangan miqdordagi chegirmalar ushlab qolinib davlat hisobiga o‘tkazildi.
Probatsiya xizmatining ichki ishlar organlari xuquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv bo‘linmalari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash organlari bilan yaqin hamkorlikdagi ishlashi tashkil etilib, 173 nafar ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarning yashash joyidan chiqishi cheklandi, shuningdek sud tomonidan ularning zimmasiga yuklatilgan boshqa majburiyatlarning ijrosi ta’minlandi.
2023-yilning 9 oyi davomida jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan 21 nafar shaxslarning o‘talmay qolgan jazolari og‘irroq jazo turlariga, hususan 15 nafari ozodlikni cheklash jazosiga, 6 nafarining jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Tuman Probatsiya bo‘linmasi xisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar tomonidan joriy yilning 9 oy mobaynida 3 nafar nozorat ositidagi shaxslar tomonidan kayta jinoyat sodir etilgan.