27 May 2025 yil 781

Pastdarg‘om tumani To‘qboy mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi turmush tarzini yanada yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Shu maqasadda, Pastdarg‘om tumani To‘qboy mahallasi fuqarolari uchun o‘tkazilgan sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuvda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari ishtirok etishdi.

Fuqarolar va yoshlar tomonidan yo‘llanan 20 ga yaqin murojaatlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.

Tadbirda mazkur mahalla "qizil” toifaga kiritilgani bois faollar va nuroniylar ham jinoyatchilikni oldini olish borasida tegishli tashkilotlar bilan faol hamkorlikda ish olib borishi lozimligi taʼkidlanib, ushbu xususida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilandi.


Text to speech