25 Mart 2024 yil 283

Pastdarg‘om tumanining 3-sektor hududida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Pastdarg‘om tumanining 3-sektor hududida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha seminar  tashkil etildi

Tuman sektor rahbarlari hamda tuman  bank xizmatlari bo‘limi, mahallalarga biriktirilgan tashkilot rahbarlari, mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda aholi tomorqasidan ko‘p daromadli ekinlar ekib, yuqori hosil olish, tomorqa va uy xo‘jaligidan unumli foydalanish, “Bir mahalla, bir mahsulot” tamoyili asosida mahallani bir mahsulotga ixtisoslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mahallalarda ertachi ekinga kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish, berilgan vazifalar ijrosini har bir xonadonda qat’iy amalga oshirish borasida mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Text to speech