Pastdarg‘omning Olti qahramon mahallasi obod go‘shaga aylanadi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va viloyat IIB boshlig`i Rahmat Mamatov Respublika ishchi guruhi vakillari bilan Pastdarg‘om tumani "Olti qahramon" mahallasida bo‘lishdi.
Fuqarolarning yashash sharoitlari, mahalla obodligini o'rganishdi.
Mas’ullar ishtirokida muammolar birma-bir muhokama etilib, mahallada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo‘yicha aniq mas`ullar qayd etilgan yo‘l xaritasi tuzildi. Muhokamada "Obod xonadon" mezonlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berilib, mahalladagi har bir xonadon ushbu mezonlarga mos bo‘lishi, nafaqat viloyatda balki Respublikada namunali obod mahalla bo‘lishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, mahalladagi ijtimoiy obyektlar va aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilib, unda aniqlangan kamchiliklarni tezkorlikda bartaraf qilishlik yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.