10 Avgust 2023 yil 730

Paxtachida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Samarqand viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida Samarqand viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Rejaga asosan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va giyohvand vositalarini tarqalishini oldini olish maqsadida Paxtachi tuman hududida yashovchi jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar fuqarolarining yashash xonadonlarida tintuv tergov harakatlari o‘tkazildi.

Olib borilgan tadbirlar davomida Paxtachi tuman “Bodoy” mahallasida yashovchi M.M. ning yashash uyidan 40 dona ov miltig‘ini gilzalari, “Qirguli” maxallasida yashovchi E.U. ning yashash uyidadan 3 dona ko‘knor giyohvandlik vositasini o‘simligi, “Ukrach” mahallasida yashovchi E.E.ning uyida tarkibida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 3 dona qopda ruda qumlari, huddi shuningdek, “Qo‘shxovuz” mahallasida yashovchi R.F.ning yashash uyida ham 3 dona qopda ruda qumlari, “Qirguli” mahallasida I.S.ning yashash uyida oltin moddasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini maydalash uchun mo‘ljallangan “tosh tegirmon” borligi aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech