22 Yanvar 2022 yil 892

Paxtachida tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarini talon-toroj qilinishini oldini olish boʻyicha tezkor tadbirlar oʻtkazildi

2022-yil 20-yanvar kuni Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli “GMZ-1” kon boshqarmasi “Qoraqoʻton” kon boshqarmasiga qarashli boʻlgan va xokimiyat tasarrufida boʻlgan yer osti va yer usti shaxtalaridan noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarini talon-toroj qilinishini oldini olish maqsadida tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaxo metallar boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarini maydalashga moʻljallangan tosh tegirmon moslamalarini yashirin ravishda uyiga oʻrnatib, yashirin ravishda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator fuqarolar aniqlandi.

Jumladan: Paxtachi tumani Jona mahallasida yashovchi 1998-yilda tugʻilgan Q.J.ning dala hovlisi koʻzdan kechirilganda, uyida tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarni maydalashga moslashtirilgan 1 dona dvigatelli tosh tegirmoni, 24 dona qoplarga solingan har birining ogʻirligi 10-15 kilogramdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tumanning Xayit Elbegi maxallasida yashovchi 1980-yilda tugʻilgan fuqaro A.U. ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda molxonasi ichiga oʻrnatilgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarni maydalashga moʻljallangan 1 dona dvigatelli tosh tegirmon, 1 dona dvigatelli tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarni maydalashga moslashtirilgan drabilka, 8 dona tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlarni yuvishga moslashtirilgan tunuka tarnov, 18 ta oq politelin qoplarga solingan har birining taxminiy ogʻirligi 30-35 kilogramdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlari, 7 dona oq politelin qoplarga solingan har birining taxminiy ogʻirligi 30-35 kilogramdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlari, Niva rusumli avtomobili ichidan umumiy ogʻirligi 650 kilogram boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlari borligi aniqlanib xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, Paxtachi tumani Boʻston mahallasi yashovchi fuqaro T.L. ning dala hovlisi koʻzdan kechirilganda, shu kabi faoliyat uchun moʻljallangan 1,5 metrli jami 12 dona temir tarnovlar, 2 dona tunuka ohir, 2 dona taxminan 100 litr sigʻimga ega, ichida nam holdagi tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlari solingan qozonlar, 11 dona har-xil sigʻimga ega boʻlgan, yelim idishlar, 170 dona qoplarga solingan har birining taxminiy ogʻirligi 20-25 kilogramdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlari, 350 dona qoplarga solingan har birining taxminiy ogʻirligi 15-20 kilogramdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlari borligi aniqlanib xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech