17 Mart 2024 yil 613

Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman ichki ishlar bo‘limi, Respublika Ma’anviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mas'ullari ishtirokida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish, nazorat ostidagi yoshlarni huquqiy ongini oshirish va qonunga itoatkorlik hissini oshirishdan iborat. 

Har qanday inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, muhimi uni o‘z vaqtida anglay bilishi, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur. 

Shu sababli rahbarlar tomonidan nazorat ostidagi yoshlarni qiynayotgan muammolari tinglanib, huquqiy tushuncha va tavsiyalar berildi.

Text to speech