Probatsiya hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xato qilish insonga xos bo‘lgan tabiiy jarayon, lekin xatoni tushunish, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish, boshqa takrorlamaslikka turtki beradi.
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Raxmat Mamatov hamda viloyat prokurorining 1-o‘rinbosari Sarvar Bozorov ana shunday xatoga yo‘l qo‘yib, jinoyat sodir etgan va Probatsiya hisobiga olingan shaxslar bilan uchrashdi.
Probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni hayotga ijtimoiy moslashtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishda yaqindan ko‘maklashish, ularni oilaviy va shaxsiy muammolarini bartaraf etish har vaqt ham eng dolzarb vazifa ekanligi so‘zga chiqqan rahbarlar tomonidan ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan muntazam ravishda yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazilishi, ularni yashash manzillariga “Xonadonbay” borilib, muammolarinitinglanishi ham aytib o‘tildi.
Bugun shu maqsadda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi quyi bo‘g‘inlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan qator tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, mutaxassis-psixologlar yordamida treninglar tashkil etilib, nazoratdagi shaxslarning o‘zini tutishi, ichki dunyosi o‘rganilayapti va ularga kerakli tavsiyalar ham berilmoqda.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda probatsiya nazoratidagi shaxslarning taklif va muammolari tinglandi. Ularni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Inson tabiiyki hayot so‘qmoqlarida adashadi, qoqiladi, bilib-bilmay jinoyatga qo‘l uradi. Lekin undan to‘g‘ri xulosa chiqarish insonga xos bo‘lgan ijobiy xususiyatdir.
Zero, xato qilgan shaxsga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, uni hayotga ijtimoiy moslashishiga yordam berish jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.