Professional ichki ishlar organlari faoliyatining muhim huquqiy asosi
Mamlakatimizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini taʼminlash jarayonlari kundan-kun murakkablashib, yanada dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni samarali bajarish jarayonlari ichki ishlar organlarining kadrlari bilan ishlash faoliyatiga bevosita bogʼliqdir.
Tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, birinchidan, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan asosiy va zamon talablari asosida qoʼyilayotgan yangi vazifalarni samarali bajarilishini taʼminlay oladigan, ikkinchidan, xalqaro huquq nomalari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslariga, shuningdek milliy qonun talablari asosida davlat xizmatchisi, xususan, ichki ishlar organlari xodimlaridan yuksak maʼnaviy, ahloqiy, kasbiy fazilatlarga ega boʼlgan professional mutaxassis kadrlar boʼlishni talab qiladi.
Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan 2023 yil 20 yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlariini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada hamkorlikda ishlashga yoʼnaltirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-10-sonli Qarori ham mazkur islohotlarning mantiqiy davomidir.
Ushbu Qarorda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangan. Har bir xodim mazkur kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qatʼiy va soʼzsiz amal qilishi majburiy etib belgilangan. Kodeks qoida va talablariga amal qilmaslik yoki ularni qoʼpol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan boʼshatishgacha boʼlgan intizomiy jazo chorasini qoʼllash uchun acoc boʼladi.
Taʼkidlanishicha, kodeksda belgilangan qoida va talablar ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin boʼlgan nojoʼya xatti-harakatlar, suiisteʼmolchilik va korruptsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot tizimi obroʼyiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslikka yoʼnaltirilgan. Xodimlar ishga qabul qilingan kundan, egallab turgan lavozimi hamda bajaradigan ishining xususiyatidan qatʼi nazar ushbu kodeksga birday rioya etishga majburdir.
Bundan tashqari, ushbu Prezident qarori bilan IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti toʼgʼrisidagi nizom, ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyatini oshirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarning Yoʼl xaritasi tasdiqlangan.
Davlat rahbari tomonidan “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʼnaltirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaror qabul qilinishi ortidan Prezidentning ayrim qarorlariga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilishi belgilangan.
Shuningdek, Qarorda “2022-2026 yillarda Yangi Oʼzbekistonni rivojlantirish strategiyasi”ga muvofiq, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatidagi kasbiy xalq tuzilmasiga aylantirish va qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash koʼzda tutilgan.
Shu bilan bir qatorda, hujjat bilan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi toʼgʼrisida”gi kodeksi tasdiqlandi. Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi toʼgʼrisidagi nizom ham tasdiqlandi.
Unga koʻra, Ichki ishlar vazirligida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi tashkil etilib, u ichki ishlar boshqarmasiga xizmatga nomzodlarni tanlash, tizimining shaffofligini taʼminlash, shaxsiy tarkib bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini raqamlashtirish bilan shugʻullanadi.
Umuman olganda, aytish mumkinki, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir boʻlgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan ichki ishlar sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi yaratilmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida ichki ishlar organlari tizimini takomillashtirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ichki ishlar organlarining mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun tashkil etilgan quyi boʻgʻinini rivojlantirish va mustahkamlash boʻyicha salmoqli ishlar qilindi.
Oʻzbekistonda oliy qadriyat deb tan olingan inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari taʼminlanishini yanada mustahkam kafolatlash, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish borasida fuqarolik jamiyati institutlarining ham oʻrni beqiyos.
Mustaqillik, Konstitutsiya, fuqarolik jamiyati va demokratiya tushunchalari oʻrtasidagi uzviy aloqadorlik muhim ahamiyatga ega. Zero, mustaqil mamlakatni demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati institutlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shu bois yurtimizda istiqlolning ilk kunlaridanoq demokratik yangilanish, erkin fuqarolik jamiyatini qurish yoʻli tanlab olindi. Binobarin, bu yoʻlni har kim oʻziga xos yoʻsinda bosib oʻtadi. Oʻzbekiston demokratiyaning fundamental tamoyillariga asoslangan, ularga qatʼiy rioya etgan holda, ayni paytda oʻz harakatlarini xalqimizning tafakkuri, necha ming yillik turmush tarzi bilan muvofiq ravishda olib bormoqda.
Jamiyatda qonuniylik va huquqiy-tartibot fuqarolarning qonuniy xatti-harakati bilan barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining qonunlarga rioya qilishlari ulardan toʻgʻri foydalanishlari bilan oʻrnatiladi. Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish esa, inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlardan koʻzlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi boʻyicha respublikada yaxlit huquqiy tizim yaratilgan boʻlib, unda ichki ishlar organlari muhim oʻrin egallaydi.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, ichki ishlar organlari qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifasini amalga oshiradilar. Oʻz vakolatlaridagi ishlar boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiradilar, tinchlik va insoniyat xavfsizligini taʼminlaydi. Ichki ishlar organlari vazifalarini amalga oshirishning muhimligi huquqiy davlatni shakllantirish va fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida yanada oshadi.
Samarqand viloyati IIB JXX JTSB PPX batalyoni komandirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari podpolkovnik Shodiyor Djumanov