Samarqand shahrida tungi vaqtda mashinalar ichidagi buyumlarni oʻgʻirlab ketadigan yigit profilaktika inspektori tomonidan ushlandi
Samarqand shahri boʻyicha IIO FMBga Xoʻja Axror Vali mahallasida yashovchi, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2022-yil 02-yanvar kuni soat tungi 00:10larda Samarqand shahri Zargartepa mahallasida turgan “Damas” rusumli avtomashinasidan, bahosi 800.000 soʻm boʻlgan videotasvirga olish uskunasinomaʼlum shaxs tomonidan talon-toroj qilinganligini maʼlum qilgan.
Bundan tashqari, Samarqand shahri Zargartepa mahallasida yashovchi, B. ham ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat tungi 02:00larda uyi oldida turgan “Neksiya-2” rusumli avtomashinasidan bahosi 300.000 soʻmlik videotasvirga olish uskunasi va 50.000 soʻm miqdoridagi pullari yashirin ravishda talon-toroj qilinganligini maʼlum qilgan.
Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB 2-son IIB profilaktika inspektori U.Sharafov tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Samarqand shahri Soʻzangaron koʻchasida yashovchi, 2000-y.t. U.O. sodir etganligini aniqlanib, gumonlanuvchidan 1 dona qora rangli videoregistrator, 1 dona metall rangli videoregistrator, 1 dona “NEOLINE” rusumli “antiradar”, bir dona “PORSCHE” yozuvli koʻzoynak, 3 dona qora rangli shnurlar, 1 dona temir lineyka, 1 dona USB, 1 dona 32 GB xotiraga ega telefon fleshkasi, 1 dona atir va 1.558.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati