Ishtixon tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar muammolari hal etildi
Odamlarning turmush darajasini yaxshilash, ularning hayotida uchraydigan muammolarini bartaraf etish bugun rahbarlarning asosiy vazifalaridan biridir. Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar ana shu maqsad yo‘lida xizmat qilmoqda.
Ishtixon tumanida viloyat hokimi boshchiligida barcha idoralar rahbarlarining sayyor qabuli tashkil etildi.
Sayyor qabul doirasida viloyat IIB boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov tomonidan ichki ishlar organlariga oid bir qator murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Unda fuqarolar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, tergovga qadar tekshiruv va tergov sohasidagi muammoli masalalar, kiberjinoyatlardan jabrlanish holatlari, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va ichki ishlar organlari xizmatiga kirish qilish bilan bog‘liq murojaatlar yo‘llandi.
Yo‘llangan murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilinib, ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Yechimi muddat talab etadigan bir qancha murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirildi va ba’zilariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Boshqarma boshlig‘i tomonidan murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.