24 Avgust 2025 yil 34

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Jamoatchilik bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish hamda ularning muammolarini hal etish maqsadida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Toxir Aripov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul jarayonida 40 dan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Fuqarolar asosan jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini ta’minlash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, ichki ishlar organlari xizmatiga ishga  kirish, shuningdek, bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va shikoyatlarini bildirdi.

Boshqarma boshlig‘i har bir murojaatni atroflicha tinglab, qonuniy asosda hal etish choralari ko‘rilishini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etildi, ijrosi muddat talab etadiganlari esa nazoratga olinib, mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni tashkil etish ichki ishlar organlari faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Fuqarolarning qonuniy manfaat va huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish orqali jamiyatda barqarorlik va xavfsizlik ta’minlanadi.

Samarqand viloyati IIB  Axborot xizmati

Text to speech