15 Sentyabr 2025 yil 164

Samarqand viloyati hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” nazorat-reyd tadbirlari davomida bir qancha holatlar aniqlandi

Samarqand viloyatida mazkur tadbirlar doirasida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq bir necha holatlar fosh etildi. 

Sentyabr oyining o‘tgan davri mobaynida giyohvandlik vositalarini parvarishlash bilan bog‘liq 10 ta holat aniqlanib, 92 tup giyohvandlik o‘simliklari hujjatlashtirib olindi.

Shuningdek, tadbirlar davomida giyovandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va o‘tkazish  bilan bog‘liq 39 ta holatlar aniqlanib, 10 kilogramga yaqin giyohvandlik vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

“Qoradori-2025” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davom etmoqda.


Text to speech