24 Yanvar 2024 yil 670

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qalbi g‘ayrat-shijoatga to‘la, ko‘zlari yonib turgan, ishlayman, shu yurt taraqqiyotiga o‘z hissamni qo‘shaman degan fidoyi va tashabbuskor yoshlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizga ana shunday yoshlar kerak. Chunki ulardan umidimiz katta.

Narpay tumanida viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokida o‘tkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida bu alohida ta’kidlandi.

Dastlab, boshqarma boshlig‘i o‘z kasbiy faoliyat tajribalari haqida gapirib, erishgan muvaffaqiyatlari zamirida faqatgina bilimga intilish, harakat mujassamligini qayd etib yoshlarga motivatsiya berdi.

Dunyo bilan bo‘ylashayotganimiz, o‘zligimizni anglab, an’ana, urf-odat va qadriyatlarimizni olamga ko‘z-ko‘z etayotganimiz, barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar yoshlar bilan chambarchas bog‘liqligi e’tirof etildi.

Text to speech