Rag‘bat va e’tibor mas’uliyatni oshiradi
Avval xabar berganimizdek, Respublika idoralararo ishchi guruhi Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib borgan edi. Mazkur jarayonlar doirasida Oqdaryo tumani “Pichoqchi” MFYda joylashgan, “PICHOQCHI DRY FRUITS” korxonasi va bu yerdagi shart-sharoitlar ishchi guruhi tomonidan alohida e’tirof etilgan edi. Shuningdek, tadbirkor qo‘shimcha “Joy akademi” nomli o‘quv markazi tashkil etib, yangi ish o‘rinlari yaratgan. O‘quv markazda ayti, kasbiy ta’lim, shaxmat klubi to‘garaklari faoliyat olib boradi. Ishchi guruhi tomonidan tadbirkor va “Pichoqchi” mahallasi beshligini rag‘batlantirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov ushbu mahallada bo‘lib tashabbuskor tadbirkor Tolibxon Abdujalilovga minnatdorchilik bildirib, mahalla beshligiga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. So‘nggi yillarda tuman markazlaridan tortib, eng chekka qishloq, mahallalargacha ishbilarmonlik muxitini yaratishning o‘ziga xos anik va samarali tizimi karor topmokda. Natijada har bir hududda o‘zining ilg‘or g‘oyalari, faol tashabbusi hamda zamonaviy yondoshuvi asosida tadbirkorlik faoliyatini jadal davom ettirayotgan ishbilarmonlar safi kengayib bormoqda. Bu esa yurtimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi, - deya ta’kidladi Rahmat Mamatov.
Mahallada bunyodkorlik va obodonchilik ko‘lami tobora ravnaq topib, aholi farovonligi ortishi niyat qilinib, duoga qo‘l ochildi.