Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ochiq, samimiy va qizg‘in mulohazalarga boy ruhda o‘tgan uchrashuvda tizimda xizmat qilayotgan yosh xodimlar boshqarma boshlig‘iga o‘zlarining takliflari bilan murojaat qilishdi.
Yosh xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, kelajakda rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilandi.
“Har biringiz farzandimsiz, sizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zimmamdagi vazifa, sizlar O‘zbekistonimizning kelajagisiz, hech qachon ilm olishdan, fikrlash va o‘rganishdan to‘xtamanglar” – dedi Rahmat Mamatov.
Uchrashuv so‘ngida xizmatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan yoshlar taqdirlandi.