31 Yanvar 2024 yil 946

Rahmat Mamatov: "Har birimiz aholiga sof vijdon bilan halol xizmat qilishimiz lozim"

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Bulung‘ur tumani “Fozil Yo‘ldosh” mahallasida yashovchi aholining yashash va turmush sharoitlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida jami 18 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan turli xil masalalarda 20 ta murojaatlar yo‘llandi.

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlarni qonuniy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabul davomida 2 nafar yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi, 3 nafar yoshlarga esa ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech