31 Dekabr 2023 yil 1670

Rahmat Mamatov: “Bugun yurdoshlarimiz bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, shodlikda kutib olishlari uchun barcha xavfsizlik va boshqa zaruriy choralarni ko‘rishimiz lozim”.

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Ahmedov, shahar sektor rahbarlari tomonidan "Yangi yil" bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylardagi xavfsizlik choralarini kuchaytirish, “Yangi yil” archalari atrofida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida tungi xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.

“Bugun yurdoshlarimiz bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, shodlikda kutib olishlari uchun barcha xavfsizlik va boshqa zaruriy choralarni ko‘rishimiz lozim” – deya, ta’kidladi Rahmat Mamatov.

Barcha huquq tartibot idoralari vakillari xizmatni a’lo kayfiyatda, ko‘tarinkilik bilan, xushyor va sergak holda o‘tkazishlari shartligi ta’kidlandi.

Hududlarda favqulodda holatlarni oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, barcha soha vakillari o‘zlariga biriktirilgan xizmat joylariga tantanali ravishda tarqatildi.

Text to speech