22 Sentyabr 2024 yil 1090

Rahmat Mamatov “Go‘zalkent” mahallasida bo‘ldi

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov “Go‘zalkent” mahallasida bo‘ldi.

“Obod mahalla- obod xonadon- obod ko‘cha”mezonlari asosida aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida qishloq va mahallalarda bunyodkorlik, qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayapti. 

Ayni kunlarda Pastdarg‘om tumanining “Go‘zalkent” mahallasi aholisi ham ana shunday obodlikdan bahramand bo‘lmoqda.

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov mazkur mahallada bo‘lib, olib borilayotgan obodonchilik va bunyodkorlik jarayonlari bilan tanishdi. Yangi qad rostlagan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hamda yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, hududni ko‘kalamzorlashtirish, gul va daraxt ko‘chatlari ekish, fuqarolar uchun kutish o‘rindiqlari o‘rnatish borasida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Zero, mahallada ishlarni tizimli va to‘g‘ri tashkil etish fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilish, ular bilan hamkorlikda ishlash uchun katta imkoniyat yaratishini ta’kidladi. 

Xalqimizni  hayotdan rozi qilishdek ulug‘vor maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlari mahalla va qishloqlarning qiyofasini yanada ko‘rkamlashtirish bilan birga aholining ertasiga bo‘lgan ishonchini oshiradi.


Text to speech