Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.
Ularning muammo va murojaatlari eshitildi. Yoshlar bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashga jalb etish, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish borasidagi amaliy vazifalar ham tahlil qilindi.
Bundan tashqari, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli sport o‘yinlari, madaniy-ma’naviy tadbirlar o‘tkazilishi, yoshlar yetakchilari har bir yosh bilan alohida ishlashi zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida ularning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishi qat’iy nazoratga olinishi yuzasidan ham tavsiyalar berildi.
Yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.