23 Sentyabr 2024 yil 1309

Rahmat Mamatov: Odamlar bugunidan mamnun bo‘lishi uchun, ularga zarur sharoitlar yaratish, masalasini hal etish kerak

Jomboy tumani Ko‘kgumbaz mahallasi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov va sud-huquq idoralari hamda xalq qabulxonasi mutasaddilari ishtirokidagi sayyor qabulning navbatdagi manzili bo‘ldi. 

Aholining manzilli muammolarini aniqlash, ularning ijobiy natijadorligiga erishish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda turli mazmundagi masalalar bayon qilindi.

Oysara Bozorboyeva oilaviy nizoni hal etish, O‘ktam Xolmurodov kredit masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, 5 nafar probatsiya nazoratidagi shaxslarning belgilangan jazodan muddatidan oldin ozod etish to‘g‘risidagi arizasi ham ijobiy qanoatlantirildi. 10 nafar yoshlarga ID-karta va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Boshqarma boshlig‘i yoshlar bilan muloqot chog‘ida ilm bebaho boylik, kitob sodiq do‘st va mehnat insonni ulug‘lashini alohida ta’kidladi. 

Yuzma-yuz qabulda har bir murojaatchining masalasi eshitilib, belgilangan muddat ichida o‘rganib chiqish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Text to speech