27 Sentyabr 2024 yil 852

Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Samarqand tumanida bo‘ldi

Prezidentimizning joriy yil 11-sentabrdagi mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida belgilib berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarga muvofiq  O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Respublika Nuroniy jamg‘armasi qo‘shma murojaatnomasi qabul qilindi. 

Mazkur murojaatnoma mazmun-mohiyatini mahallalarda targ‘ib qilish maqsadida viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Samarqand tumanida bo‘ldi. 

Viloyatimizda kambag‘alchilikni qisqartirish, kam ta’minlangan oilalar turmush sharoitlarini yaxshilash borasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilmoqda. 

O‘rganishlar doirasida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, aholining hayotdan roziligini oshirishda ustuvor vazifalar to‘g‘risida ham tavsiyalar berildi.

Text to speech