Rahmat Mamatov Urgut tumani “Boybul” mahallasida bo‘lib, MFY yettiligi bilan uchrashdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov Urgut tumani “Boybul” mahallasida bo‘lib, MFY yettiligi bilan uchrashdi.
O‘zaro muloqot doirasida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, xotin-qizlar va yoshlar masalalari, muhtoj oilalar muammolari hamda ularni hal etish borasidagi amaliy natijalar xususida suhbatlashdi.
Ta’lim muassasalaridagi davomat, yoshlarning ilm-fanga qiziqishlarini oshirish borasidagi ishlar ham tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari bilan muloqot doirasida “oilabay”, “mahallabay” ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek chegaraoldi mahallalardagi vaziyat, tinchlik-osoyoyishtalikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘ganildi.
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida mahalliy tadbirkorlar, mahalla oqsoqollari, profilaktika inspektorlarining ham fikr-mulohazalari eshitildi.