6 Iyun 2024 yil
1187
Rahmat Mamatov: “Jinoyatchilikni oldini olishda faxriy ustozlarning ulkan tajribasidan samarali foydalanish lozim”
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida viloyat hududida kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda ko‘maklashish, yosh xodimlarga bu borada murabbiylik qilish maqsadida hududiy ichki ishlar organlariga biriktirilgan nafaqadagi faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Boshqarma boshlig‘i ustozlarning boy amaliy, hayotiy tajribalaridan samarali foydalanish, hududlarda barcha turdagi jinoyatlarni oldini olishda har bir faxriyni taklif va tavsiyalarini o‘zlashtirish lozimligi ta’kidlandi.
Shu asnoda faxriylar hududiy ichki ishlar organlarida ustoz-shogird an’analarini yanada rivojlantirish borasida o‘zlarining taklif va tavsiyalarini bildirishdi.