1 Sentyabr 2024 yil 47

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning bayram tabrigi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning bayram tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Vatan - muqaddas, uni ko‘z qorachig‘idek asrash barchamizning burchimiz.

Tinchlik aziz, istiqlol bebaho ne’mat. U tufayli xalqimizning necha yillik ezgu niyatlari ro‘yobga chiqdi.

Mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda hayotimizda, shuurimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar barchamizni yanada yuksak marralar sari ilhomlantirmoqda. Bu mehnatlarimiz, erishayotgan natijalarimizda o‘z aksini topayotganligi bilan e’tirofli.

Sizlarni “Biz bir bo‘lsak -yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida nishonlanayotgan istiqlol shodiyonasining 33 yilligi bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi nomidan samimiy tabriklayman.

Bu qutlug‘ va shonli sana xalqimizning orzu-istaklari va intilishlarini o‘zida mujassam etadi.

Har bir ishingizda omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Xonadoningizga qut-baraka, kasb-koringizga rivoj tilayman.

Rahmat Mamatov, viloyat IIB boshlig‘i

Text to speech