30 Sentyabr 2023 yil 4351

Rahmat Mamatovning o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi

Dunyodagi barcha ezguliklar, ixtiro va bunyodkorliklarning debochasi o‘qituvchi va murabbiylar o‘rgatgan so‘z va ular sabab shakllanadigan savodxonlikdan boshlanadi. Xalqimizda “Ustozlarning umri mangu, chunki shogirdlar umri uning davomchisi”, degan naql bor. Muallim shunday moʻtabar zotki, uning nomi hamisha boqiydir. 

Ta’lim fidoyilari, jonkuyar ustozlar, mehri daryo murabbiylarni 

1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. 

“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilishi davr taqozosi. Bu esa qalb me’mori, ilm-ma’rifat ziyokori o‘qituvchining zahmati bilan bog‘liq. Ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, o‘quvchi dunyoqarashi va bilimini boyitish o‘qituvchining fidokorligi bilan belgilanadi. Sharafli soha ravnaqi yo‘lida mehnat qilishdan aslo tolmang, ma’rifat ziyokorlari. 

Kasb bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, hamisha shogirdlar kamolini ko‘rib, el ardog‘ida bo‘ling. 

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov

Text to speech