6 Mart 2023 yil 585

Respublika idoralararo ishchi guruhi Samarqand viloyatida o‘rganishlarini boshladi

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura va uning tuzilmalari rahbarlari, viloyat sektor rahbarlari hamda boshqa mutasaddi idoralar masʼullaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, energetika va oziq-ovqat taʼminoti hamda kriminogen vaziyatga taʼsir etuvchi ijtimoiy-maishiy muammolarni bartaraf etish borasidagi faoliyatini boshladi.

Respublika idoralararo ishchi guruhi quyidagi yo‘nalishlar borasida o‘rganishlar olib boradi:

Aholidan kelib tushgan murojaatlarning tahlili asosida muammolarni, ayniqsa tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash va aniqlangan muammolarni hal etish, mahalla infratuzilmasining holati va uni yaxshilash;

Isteʼmol bozorlaridagi narx-navoning barqarorligi, oziq-ovqat zaxiralarining mavjudligi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlarning yaratilganligi;

Aholini tashvishga solayotgan dolzarb kundalik ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash, aniqlash va hal etishda sektorlar faoliyatining samaradorligi;

Aholi bandligini taʼminlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tashabbuskor yoshlar va ayollarga ko‘maklashishning ahvoli;

Kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, maktab o‘quvchilari, talabalar, ayollar va yoshlar o‘rtasida qonunga itoatkorlik hisini shakllantirish borasidagi ishlar va targ‘ibot tadbirlarining natijadorligini ko‘rib chiqadi.

Ishchi guruhning o‘rganish ishlari yo‘nalishlarlar bo‘yicha birin ketin amalga oshiriladi va natijalari mutasaddilar ishtirokida keng muhokama qilinadi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech