30 May 2023 yil 576

Respublika ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Milliy gvardiya va ularning tuzilmalari 
rahbarlari, boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Samarqand viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Ishchi guruhi a’zolari Payariq tumani IIBga tashrif buyurib, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash borasidagi ahvol, xodimlarning ish yurituvida 
bo‘lgan hujjatlar, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Payariq tumanida joylashgan aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida borasida bunyod etilgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli hushyorxonada bo‘lib u yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida Ishtixon tumanidagi qishloqlarning ichki yo‘llari shag‘allashtirildi. Tuman profilaktika inspektorlarining xonadonlariga borilib, 
sharoitlari o‘rganildi. Bozorlardagi narx-navoning barqarorligini ta’minlash borasida mas’ullarga vazifalar qo‘yildi.

Ishchi guruhining o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech