30 May 2023 yil 933

Respublika ishchi guruhi Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda

Hammamizga ma’lumki so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Inson manfaatlari  hamma narsadan ustun» va «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlarini ta’minlash islohotlarning 
asl mazmun-mohiyatiga aylanmoqda.

Joriy yilning 29 mayidan boshlab Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Milliy gvardiya va ularning tuzilmalari rahbarlari, boshqa mutasaddi tashkilotlar hamda viloyat sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.

Ishchi guruhi tomonidan viloyat 3-sektoriga qarashli Nurobod tumanining Nurobod shaharchasida 30 km. masofaga asfalt yotqizish jarayonlari tashkil etildi.

Shundan so‘ng, tuman markazidagi xususiy korxonaga tashrif buyurib, unda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan va kam ta’minlangan fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi, bu yerdagi ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Keyingi manzil mahallalarda xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlarining ish faoliyati bo‘ldi.

Tumanning “Sharq yulduzi” mahallasida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektori katta leytenant Madiyor Doniyorovning xizmat faoliyati ishchi guruh e’tiborini tortdi.

Tuman IIB otalig‘ida bo‘lgan 61-sonli umumta’lim maktabida olib borilgan obodonlashtirish ishlari, maktabda o‘quvchilarning ta’lim olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishib, mazkur ta’lim muassasasida xizmat olib buruvchi inspektor-psixologning xizmat faoliyatini ham o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunida tuman IIBning ma’muriy binosi ko‘zdan kechirildi va bu maskanda xizmat olib boruvchi xodimlar bilan suhbatlar olib borildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining ishchi guruhi viloyatdagi o‘rganishlari doirasida bir qator tezkor-profilaktik tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruh o‘z faoliyatini Samarqand viloyati bo‘ylab davom ettirmoqda.

Text to speech