Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Samarqand viloyati IIO xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Joriy yilning 1-may sanasidan 1-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan "Ma’naviyat oyligi" doirasida va Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Samarqand viloyati IIO xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB boshlig‘i 1-o‘rinbosari polkovnik Sobirjon Abduhomidov ishtirok etib, barcha qatnashchilarga omad tiladi.
O‘yinlarda Samarqand viloyati IIBning tarkibiy tuzilmalari va sohaviy xizmatlaridan jami 20 ta jamoalar g‘oliblik uchun bellashishdi. Savol-javob va bahs-munozaralarga boy bo‘lgan o‘yinlar keskin va murosasiz jarayonlarga boy bo‘ldi.
Berilgan savollar jamoalarning intellektual savodxonligini sinovdan o‘tkazdi.
Har bir jamoa g‘oliblik uchun astoydil kurash olib bordi. Eng asossiysi bellashuv adolatli va shaffof o‘tishi ta’minlandi.
“Zakovat” intellektual o‘yini yakuniga ko‘ra viloyat IIB jamoasi birinchi o‘rinni, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB jamoasi ikkinchi, Paxtachi tuman IIB jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.