9 Mart 2024 yil 1052

Yarim kilogrammga yaqin “alfa-pirrolidinovalerofenon (a-PVP) giyohvandlik moddasini 80 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahrining X.Olimjon MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda muqaddam sudlangan, 1957 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyatda ro‘yhatda turuvchi fuqaro U.T., 1 kg. “alfa-pirrolidinovalerofenon (a-PVP) giyohvandlik vositasini 180 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 0,5 kilogrammga yaqinini 80 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, hujjatlashtirildi. 

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech