Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazdi
Samarqand
viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor
qabul o‘tkazdi.
O‘g‘irlik
jinoyatini fosh etishda yordam, firibgarlik, tergov faoliyati, probatsiya
nazoratidan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etish, ichki ishlar
organlariga ishga kirish.
Viloyat IIB
boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatovning Kattaqo‘rg‘on shahrida xalq
qabulxonasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida o‘tkazilgan aholi
bilan sayyor qabulida shu kabi murojaatlar bildirildi.
Boshqarma
boshlig‘i fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlarini tinglar ekan, bu
orqali odamlarni qiynayotgan muammolarga yechim topilishi, shuningdek,
kelgusida ana shunday holatlarning oldini olishga ham erishishni alohida qayd
etdi.
Mamadiyor
Norboboyev o‘z yashash xonadonidan qarindoshlarini ro‘yxatdan chiqarish, Savlat
Ergashev pul oldi-berdisi, Sayyora Egamova o‘g‘rilik jinoyati bilan bog‘liq
masalalarga yechim topish uchun sayyor qabuldan najot istab kelishdi.
Ularning
murojaatlari o‘rganilib, qonun doirasida ko‘rib chiqilish tushuntirildi.
4 nafar
probatsiya nazoratidagi shaxslarning arizalari qanoatlantirilib, ijobiy hal
etildi.
Qabul
doirasida 4 nafar yoshlarga ID-kartalar topshirildi. Xalq bilan muloqot,
ularning dardu tashvishini tinglash asnosida mushkulini oson qilish
mamlakatimizning ravnaqiga, yurtdoshlarimizning farovon hayot kechirishlarini
ta’minlashda muhim omil bo‘ladi. Zero, sayyor qabullarda bildirilayotgan
murojaatlar o‘rganilib, ularning ijrosi amalda ta’minlanayotgani ham ayni
haqiqat.