Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov raisligida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan idoralararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Samarqand viloyati prokurori M.Eshnazarov raisligida viloyat
huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining
kengaytirilgan idoralararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi, viloyat hokimining o‘rinbosarlari,IIB,
Milliy gvardiya, Bojxona, Favqulodda vaziyatlar, Mahallalar uyushmasi, Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab
ta’limi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar, Iqtisodiyot va moliya, Madaniyat, Sog‘liqni
saqlash boshqarmasi, Departament va Byuroning viloyat boshqarmalari rahbarlari,
tuman (shahar) prokurorlari hamda ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda joriy yil o‘tgan davrida jinoyatchilikka qarshi kurashish,
huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy
– iqtisodiy sohalar kesimida mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar
tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan
hamkorlikda profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish, tergovga qadar
tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini olib borishda qonuniylikni ta’minlash
yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, xizmat vazifasiga yuzaki va mas’uliyatsizlik
bilan qarab, qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qat’iy
choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.
Mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, Kengash qarori bilan
hududda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hokimlik,
idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.