18 Yanvar 2024 yil 1063

“Saf koʼrigi va saf tayyorgarligi” mashgʼulotlari oʼtkazildi

Joriy yilning 18-yanvar kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati post-patrulь xizmati batalьoni shaxsiy tarkibi bilan “Saf koʼrigi va saf tayyorgarligi” mashgʼulotlari oʼtkazildi.

Mashgʼulotlarga Samarqand viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, Jismoniy va jangovar tayyorgarlik boʼlimi masʼullari ishtirok etib, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishlari yuzasidan qoʼshimcha topshiriq va koʼrsatmalar berildi.

Shundan soʼng, IIVning tegishli buyrugʼi asosida “Saf koʼrigi” mashgʼuloti oʼtkazilib, xodimlarning tashqi koʼrinishiga, xizmat kiyimlarini vazirlikning buyrugʼi asosida kiyganligiga, xizmat faoliyatida kerak boʼladigan vositalarni mavjudligiga, ularning sozligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Text to speech