23 May 2025 yil
1332
Sayyohlar xavfsizligi borasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Eldor Alkarov Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi konsuli Liron Mizrahi Unger bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda sayyohlar xavfsizligi borasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tashrif jarayonida mehmonga Samarqandning turistik obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash amaliyoti namoyish qilindi. Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning keyingi istiqbollari belgilanib, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashinildi.