23 May 2025 yil 1305

Sayyor qabulda fuqarolar muammolariga yechim topilmoqda

Jomboy tumanidagi  “SOF EXPO Samarkand” xalqaro koʻrgazmalar majmuasida viloyat aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi tashkilotlari rahbarlari tomonidan fuqarolarning turli yo‘nalishdagi murojaatlari tinglandi.

Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov tomonidan ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bir qator muammo va masalalar, xususan oldi-berdi masalasi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kiberjinoyatlardan jabrlanganlik kabi aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar yechimini topishga ko‘maklashildi.

Har bir murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi.


Text to speech