30 Mart 2022 yil
543
Samaraqandda yoʻl-ulov hodisalarini oldini olish, yoʻllarda tartibli harakatni taʼminlash shaxsan viloyat IIB boshligʻi nazoratiga olingan
Bugun Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Raxmat Mamatov huzurida YHXB rahbariyati ishtirokida tanqidiy muhokama oʻtkazildi.
Muhokama yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, shuningdek, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilishlari, fuqarolar bilan belgilangan meʼyorlarga asosan, obod-ahloq doirasida muloqot qilish masalalariga bagʻishlandi.
Muhokama soʻngida, YHXBning bir qator rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, viloyat IIB boshligʻi tomonidan tizim xodimlari bilan bu kabi tanqidiy yigʻilish kecha ham oʻtkazilgan edi.
Qayd etish lozimki, yoʻl-ulov hodisalarini oldini olish, yoʻllarda tartibni saqlash shaxsan IIB boshligʻi nazoratiga olgan.