12 Aprel 2025 yil 647

Samarqand shahar Mustaqillik mahallasida 1-sonli “Huquq tartibot maskani” ochildi

Ushbu “Huquq tartibot maskani”ning foydalanishga topshirilishida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov, keng jamoatchilik vakillari va soha xodimlari ishtirok etdi. 

Unda Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlash bugunning dolzarb vazifasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, Samarqand viloyati IIB boshlig‘i viloyatning shahar-tuman IIBlarida xizmat olib borayotgan profilaktika bosh inspektorlari bilan uchrashdi.

Tadbir davomida 15 ta profilaktika bosh inspektorlariga “Damas” avtomashinalari tantanali tarzda topshirildi.


Text to speech