1 Iyul 2025 yil 290

Samarqand shahar hokimligida kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Samarqand shahar hokimligi binosida kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlari haqida aholiga batafsil ma’lumot berish, hamda bu borada fuqarolarning xabardorligini oshirish maqsadida maxsus targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, kibermakon tahdidlari, ularning turlari, sodir etilish usullari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga real misollar asosida kiberjinoyatlar oqibatida yuzaga kelayotgan moliyaviy va ma’naviy zararlar, shuningdek, bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olishda shaxsiy axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati tushuntirildi.

Targ‘ibot tadbiri yakunida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar va bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.


Text to speech