26 Mart 2025 yil 741

Samarqand shahar hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Samarqand shahar hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov hamda hokimlik mas’ullari, tegishli mutasaddilar va jinoyatchilik holati og‘ir bo‘lgan 22 ta mahalla vakillari ishtirok etdi.

Unda, mahallalardagi xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi farovonligini oshirish yuzasidan Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligining hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olishdagi vazifalari va majburiyatlari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Mutasaddilarga mavjud muammolarni bartaraf etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida jadal ish olib borish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Text to speech