5 Sentyabr 2024 yil 65

"Bir bo‘lsak –yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida "Bir bo‘lsak –yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi 

Yangi o‘quv yili oldidan IIV Samarqand akademik litseyida “Bilimlar kuni” munosabati bilan litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uni akademik litsey direktori kirish so‘zi bilan ochib, yangi o‘quv yilida akademik litseyga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarni tabrikladi. 

O‘quvchilar uchun yaratilgan shart - sharoitlar hamda ichki tartib - qoidalar bilan tanishtirib o‘tdi. 

Tadbirda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev hamda faxriylar ishtirok etib, o‘quvchilarni ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

So‘zga chiqqanlar o‘quv dargohining ichki tartib qoidalariga to‘xtalar ekan, o‘quvchilarni tegishli forma, ya’ni, kiyim-bosh kiyib yurish qoidalari xususida gapirib, Vazirlikning amaldagi buyruq talablari asosida o‘g‘il va qizlarning yozgi va qishgi kiyinish qoidalari bilan tanishtirib o‘tdi. 

Belgilangan tartib va me’yorlarga amal qilish hamda litsey sha’ni uchun kurashish har bir o‘quvchining burchi ekanligi ham ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar shaxdam qadamlar bilan saf tortib o‘tishdi.

Text to speech