Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ko‘rgazmali seminar mashg‘uloti o‘tkazildi
Samarqand shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida ko‘rgazmali seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur seminar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB rahbar-xodimlari tomonidan kun
davomida amalga oshiriladigan ishlariga bag‘ishlandi.
Mazkur yo‘nalishdagi ilk bor, eksperiment tariqasida o‘tkazilayotgan seminarda
dastlab boshqarma tashkiliy bo‘limi boshlig‘i so‘z olib, ushbu tadbirning mazmun-mohiyati
haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bugun Samarqand shahri IIO FMB tasarrufida 9 ta IIBo‘limlari mavjud bo‘lib, shaxsiy tarkib va kuch-vositalar tun-u
kun xizmat olib borishadi.
Tashkiliy bo‘limga tegishli xizmatlar tomonidan sutka davomida olingan tezkor
ma’lumotlar, “Tungi xizmat”ga jalb
qilingan shaxsiy tarkib tomonidan amalga oshirilgan ishlar, qayd etilgan jinoyat
va hodisalar rahbarga muntazam ravishda yetkaziladi. Bunda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish ham muhim o‘rin tutishi aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng boshqarma HPBo‘limi boshlig‘i so‘z olib, hududlardagi kriminogen
vaziyat haqida axborot berdi. Qizil hududlarni sariq yoki yashil toifaga o‘tkazilishida
amaliyotda qo‘llanilgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Jinoyat va huquqbuzarliklarning
oldini olishda mahalla yettiligi bilan olib borilgan profilaktik jarayonlar misollar
yordamida tushuntirib berildi. “Profilaktika
kuni” rejasida hafta davomida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar IIBo‘limlari
kesimida tahlil qilinadi.
Seminarda YPXning faoliyati ham o‘rganildi. YTHning oldini olish va kamaytirish
uchun qilingan ishlar, ularning samaradorligi xususida bo‘lim boshlig‘ining axboroti
tinglandi. Yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, tirbandliklarni kamaytirish, harakat
xavfsizligiga e’tibor qaratish bosh maqsad ekanligi ta’kidlandi. Shahardagi kuzatuv
kameralari va tezlikni cheklovchi radarlarning ahamiyati va foydali jihatlari barcha
ishtirokchilarga tushuntirildi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i ham so‘z olib, o‘zining
kunlik ish faoliyati bilan o‘rtoqlashdi. Rahbar xizmat jarayoni borasida har bir
jihatga e’tibor qaratar ekan, “Jismoniy va yuridik shaxslar” tomonidan yo‘llangan murojaatlar hech vaqt e’tibordan
chetda qolmasligini ta’kidlab o‘tdi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli sohaviy
xizmatlarga ijobiy hal etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Bu bo‘yicha kunlik
bajarilgan ishlar Samarqand shahar So‘g‘diyona maskanida joylashgan 3-sektor shtabida muhokama etilishi ham
aytib o‘tildi.
Shuningdek, “Tungi xizmat”ga jalb qilingan rahbar va xodimlarning xizmat olib borish
jarayonlarini nazorat qilish, xizmatning sifat darajasini oshirish maqsadida hamda
sutka davomida sodir bo‘lgan jinoyatlarni issiq izidan fosh etilishini ta’minlashga
ham asosiy e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBda xodimlarning xizmat olib borishi uchun
yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishishdi.
Samarqand shahrining Qorasuv maskanida joylashgan
9-son IIBo‘limi ko‘p ming sonli aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda fuqarolar xavfsizligini
ta’minlash va osoyishtalikni saqlashga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lim binosi
zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangan. Markazga integratsiya qilingan kuzatuv
kameralari orqali ko‘plab jinoyat va huquqbuzarliklarning oldi olinadi.
Samarqand shahri miqyosida “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz hudud”, qolaversa
yo‘l transporti bilan bog‘liq hodisalarni
oldini olish maqsadida sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda, “Diqqat piyoda”, “Xavfsiz yo‘l” tadbirlari
muntazam ravishda olib borilishi ham seminar davomida ta’kidlab o‘tildi.
Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad, bugun davlat idoralari bilan xalq o‘rtasidagi
munosabatlarning yaqin va uyg‘unligi, har bir holatga adolatli va shaffof yondashish,
eng asosiysi xalq bilan birga, yonma-yon bo‘lib xizmat olib borish kabi ezgu maqsadlar
mujassam.