17 May 2024 yil 1986

“Fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni aniqlash hamda fuqarosizlikni belgilash tartibi” boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi IIV tizimi xodimlari uchun seminar trening oʼtkazildi

Samarqand shahrida “Fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni aniqlash hamda fuqarosizlikni belgilash tartibi” boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi IIV tizimi xodimlari uchun seminar trening oʼtkazildi. 

Unda BMTning Qochoqlar boʼyicha Oliy Komissarining Marzaziy Osiyo boʼyicha vakillari, Oʼzbekiston Respublikasi IIV M va FRBB, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarning mazkur xizmatga masʼul boʼlgan xodimlari ishtirok etdi. 

Bugun yer yuzida global geosiyosiy inqirozlar va favqulolda vaziyatlar tufayli oʼz mamlakatlarini tark etishga yoki siyosiy boshpana izlashga majbur boʼlganlar soni doimiy ravishda oʼsib borayotgani hammaga maʼlum.

Seminar trening davomida soʼz olganlar, 1951-yilda “Qochoqlar maqomi toʼgʼrisida”gi Konventsiya va 1967-yildagi Protokol boʼyicha tushunchalar berib, qochqinlar va boshpana izlovchilar oʼrtasidagi farqlar, fuqaroligi boʼmagan shaxslar, xalqaro himoyaga muhtojlarni aniqlash mezonlari haqida gapirib oʼtdi.

Shuningdek, fuqarosizlik muammolarini hal qilishning xalqaro huquqiy asoslari va standartlari, fuqarosizlikni qisqartirish boʼyicha global saʼy-harakatlar, Markaziy Osiyoda fuqarosizlikni qisqartirish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar va mavjud boʼshliqlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV M va FRBB masʼul xodimi Oʼzbekistonda fuqarosizlikni qisqartirish boʼyicha olib borilayotgan islohotlar, halqaro tajribani oʼrganish jarayonlari, 2020 yil 13 martda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining “Fuqarolik toʼgʼrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va shu yoʼnalishda erishilgan ijobiy natijalar toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.

Seminar trening prezentatsiyalar taqdimoti hamda savol-javoblar asosida oʼtkazildi.

Text to speech