16 Avgust 2024 yil 1038

Samarqand shahrida "Xavfsiz oila" profilaktik tadbiri boshlandi

Samarqand shahrida "Xavfsiz oila" profilaktik tadbiri boshlandi.

Bu tadbir Samarqand viloyati hokimligi va Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining qarori asosida hamkorlikda olib borilmoqda.

Mazkur profilaktik tadbirlar doirasida hamkor tashkilotlar vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Xondamir Umarov ishtirok etdi.

Tadbirning maqsadi aholi o‘rtasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, zo‘ravonlikning oldini olish va xavfsiz muhit yaratishdan iborat. Bu doirada turli profilaktik tadbirlar, ma’rifiy suhbatlar va amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlari o‘tkaziladi. 

Tadbir davomida aholi o‘rtasida sog‘lom va xavfsiz oilaviy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar, treninglar va boshqa chora-tadbirlar tashkil etiladi. Bu orqali oilalardagi mojarolarni bartaraf etish, oila a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsad qilib olingan.

Text to speech