Samarqand shahrida yashovchi shaxs pirotexnika buyumlarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi
Pirotexnika buyumlarining Samarqand viloyati hududiga noqonuniy ravishda olib kirilishi, saqlanishi, tashilishi, sotilishi va ulardan foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida kompleks tezkor-profilaktik tadbirlarni amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar davomida Samarqand shahrida yashovchi 2002-y.t. shaxs pirotexnika buyumlarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan ushlandi.
Mazkur fuqaro muqaddam O‘zbekiston Respulikasi MJtKning 1852-moddasiga asosan javobgarlikka tortilganligi sababli, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga topshirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati