20 Dekabr 2023 yil 1207

Samarqand shahridagi “qizil toifa”dagi mahallalarda oʻrganish ishlari olib borildi

Samarqand viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov Samarqand shahridagi “qizil toifa”dagi mahallalardan hisoblangan Semurg` va Zulfiya MFYlarida oʻrganish ishlarini olib bordi. 

Dastlab mahallalardagi yagona boshqaruv tizimi faoliyati oʻrganildi. Mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisining hududda olib borayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Mahallalardagi yoshlar, xotin-qizlarning bandligini taʼminlanganligi ahvoli koʻzdan kechirildi. 

Text to speech