3 May 2025 yil 904

Samarqand shahridagi “Qizil” toifadagi mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Samarqand shahridagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “Rasadxona” mahallasida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida, davlatimiz rahbarining "2025-yil Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 1-son Qaroriga asosan tasdiqlangan yo‘l xaritasining ijrosi yuzasidan mahalla yettiligining hisoboti tinglandi.

Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilikning hamkorligini kuchaytirish, xonadonlar va boshqa ijtimoiy obyektlarni qo‘riqlash pultiga ulash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech